«Bavariya»ning sobiq futbolchisi Markus Babbel Yulian Nagelsmann haqida gapirdi.
Myunxen klubi mutaxassisning bosh murabbiylikdan iste’foga chiqarilganini, jamoani Tomas Tuxel boshqarishini e’lon qildi.
«Men Nagelsmanning Bild jurnalisti bilan munosabatlari kiyinish xonasida muhokama mavzusi bo‘lganini bilaman.
Jurnalist bilan ishqiy munosabatlar unga umuman yordam bermadi. Uning sevgilisi «Bavariya» uchun katta muammo bo‘ldi.
Ishonch yo‘qoldi, chunki ba’zi o‘yinchilar endi o‘z fikrlarini ayta olmadilar, chunki o‘rtadagi gaplar gazetaga chiqishidan qo‘rqishdi», — deya Babbelning so‘zlarini keltiradi Blick.
![]() |
Jas1coff
|