Octagon ligasi 43-musobaqadagi eng yaxshi jangchilar orasidan bonus sohiblarini aniqlab oldi.
Ahamiyatlisi, mazkur turnirda tojikistonlik Saymumin Madievga qarshi jang qilgan hamyurtimiz — Sanjar Zokirov Underdog'ning maxsus bonusini qo'lga kiritdi.
22 mart kuni bo'lib o'tgan turnirda hamyurtimiz tojikistonlik raqibini 3-raundda texnik nokaut evaziga muddatidan avval mag'lub etgan edi.
Zokirov hozirgacha faoliyati davomida beshta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozondi.
Manba: olamsport.com
![]() |
Jas1coff
|