Niderlandiya milliy jamoasi sobiq bosh murabbiyi Lui van Gal jahonning ayni damdagi eng yaxshi murabbiyini aytdi.
«Yurgen Klopp – hozirda jahonning eng yaxshi murabbiyi. Chunki u «Liverpul»ni Chempionlar ligasi g‘olibligi sari yetaklab, butun mavsum (2019/20) davomida bir marta mag‘lub bo‘lgan holda Premer-liga chempioni qilgandi», - deydi niderlandiyalik mutaxassis.
Ma’lumot uchun, «Liverpul» APL joriy mavsumida 26 o‘yindan keyin 42 ochko bilan 6-o‘rinni egallab turibdi. Klub YeCHL joriy mavsumi 1/8 finalida «Real»ga mag‘lub bo‘lib (2:5; 0:1) turnirni tark etdi.
![]() |
Jas1coff
|