Musobaqadan o'rin olgan navbatdagi muay-tay to'qnashuvi yakuniga etdi. Unda yarim engil vazn toifasidagi hamyurtimiz Mavlud Tifiev mahalliy yurt vakili Remboga qarshi ringga chiqdi. 3 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi va unda hakamlarning yakdil qarori bilan hamyurtimiz Mavlud Tifiev g'alaba qozondi.
32 yoshli Rattanabandit Rembo uchun bu ONE FC ligasidagi ikkinchi jang bo'ldi. U bundan avvalgi jangida Avstraliya vakili Tayson Xarrisonga mag'lub bo'lgan edi.
Mavlud Tifiev uchun bu bahs ONE FC ligasidagi to'rtinchisi bo'ldi. U bundan avvalgi uchta jangining bittasida g'alaba qozongan, qolgan ikkitasida esa mag'lubiyat alamini totib ko'rgandi.
Manba: olamsport.com
![]() |
Jas1coff
|