O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets «CAFA Nation’s Cup 2023» musobaqasining 2-turida ishtirok etolmaydi.
O‘FA xabariga ko‘ra, sog‘lig‘i bilan yuzaga kelgan muammolar sababli, sloveniyalik murabbiy Turkmanistonga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.
Bu o‘yinda jamoani yordamchi murabbiy Alesh Chex boshqarib boradi.
O‘zbekiston – Turkmaniston o‘yini 14 iyun kuni soat 20:30 da Toshkentdagi «Bunyodkor» stadionida boshlanadi. Sport telekanali o‘yinni translyatsiya qilishni rejalashtirgan.
![]() |
Jas1coff
|