«PSJ» bosh murabbiyi Kristof Galte faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin. Parij klubi 55 yoshli fransiyalik bilan shartnomani bekor qilishni rejalashtirmoqda.
Jurnalist Janluka Di Marsio xabariga ko‘ra, Galte «Napoli»ni boshqarish uchun asosiy nomzod bo‘lib turibdi. U iste’foga chiqishini e’lon qilgan Luchano Spalletti o‘rnini egallashi mumkin.
Galte 2022 yil yozidan beri «PSJ» klubida ishlayapti. Uning qo‘l ostida parijliklar Fransiya chempionatining 2022/23 mavsumida g‘alaba qozongan.
![]() |
Jas1coff
|