«Inter» himoyachisi Milan Shkrinyar faoliyatini «PSJ» klubida davom ettiradi.
Bu haqda u Slovakiya milliy jamoasining Islandiyaga qarshi o‘yinidan oldin xabar berdi. 1 iyul kuni uning milanliklar bilan imzolagan shartnomasi muddati yakuniga yetadi.
«Hozir o‘zimni yaxshi his qilmoqdaman, ammo o‘yinlarsiz ritmni topish qiyin. Agar murabbiy maydonga tushirsa, jamoaga yordam bera olaman, chunki ishtiyoqim baland. Parijda, «PSJ» klubida nima bo‘lishini ko‘ramiz, muhimi – o‘zimni yaxshi his qilishim», deb Shkrinyar so‘zlarini keltirdi L'Equipe.
Himoyachi aprel oyida jarrohlik amaliyotidan o‘tdi va parijliklar rahbariyati uning salomatligidan xavotirda.
Shkrinyar «Inter» tarkibida 2017 yildan beri 246 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urgan.
![]() |
Jas1coff
|