Romelu Lukaku Parijda «Al Hilol» vakillari bilan suhbatlashdi.
The Guardian xabariga ko‘ra, mavsumni «Inter»da ijara asosida o‘tkazgan «Chelsi» forvardi dushanba kuni Saudiya Arabistonidan kelgan klub menejerlari bilan ehtimoliy transferni muhokama qilgan. Unga bir mavsum uchun taxminan 20 mln funt (deyarli 23,4 mln yevro) taklif qilingan.
«Ko‘klar» egasi Todd Bouli o‘tgan hafta Yaqin Sharq mamlakatiga tashrif buyurgan va «Al Hilol» rahbariyati bilan uchrashgan. U londonliklar tarkibini qisqartirmoqchi.
30 yoshli futbolchi «Inter»ga qaytishni afzal ko‘radi, ammo milanliklarning moliyaviy qiyinchiliklari transferni deyarli imkonsiz qiladi. «Neradzurri» belgiyalik hujumchining ijara muddatini uzaytirmoqchi.
Lukaku o‘tgan mavsum A Seriyada 25ta o‘yinda maydonga tushib, 10ta gol urgan.
![]() |
Jas1coff
|