«Inter Mayami» Shimoliy Amerikadagi eng mashhur futbol klubiga aylandi.
8 iyun kuni Lionel Messi transferi e’lon qilinishidan oldin MLS klubi «instagram»da 1 millionga yaqin obunachiga ega edi. Argentinalik futbolchining o‘tishidan keyin bir necha soat ichida taxminan 1,3 mln kishi qo‘shildi.
Hozirda sahifaning 8 mln o‘quvchisi bor. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha «Inter» Amerikaning barcha sport klublari orasida 5-o‘rinni egallab turibdi. Devid Bekhemga qarashli klub bu borada faqat NBA (basketbol) jamoalari — «Golden Steyt» (30,6 mln), «Leykers» (22,8 mln), «Klivlend» (15,7 mln) va «Chikago»dan (9,7 mln) ortda qolmoqda.
![]() |
Jas1coff
|