SAFA Nations Cup'da 2-tur bahslari boshlandi.
Qirg‘izistonda o‘tayogan va 3 jamoa ishtirok etayotgan V guruhida Eron Afg‘onistonga 6ta gol urdi.
Natijada forslar to‘plar nisbatiga ko‘ra guruh yetakchisiga aylanishdi. 1-turnirda mezbonlarga minimal hisobda yutqazgan Afg‘oniston musobaqani so‘nggi o‘rinda yakunladi.
3-turdagi Eron va Qirg‘iziston bahsida O‘zbekiston qatnashayotgan A guruhi g‘olibi bilan o‘ynaydigan finalchi nomi ma’lum bo‘ladi. Amir G‘alinoiy jamoasini durang ham qoniqtiradi.
CAFA Nations Cup
B guruhi. 2-tur
Eron — Afg‘oniston 6:1
13 iyun. Bishkek
Gollar: Ozmun (20), Torimiy (21, 28 penalti, 52), Jahonbaxsh (45), Asadiy (67) — Nor (57).
Eron — Niazmand (Purhamidiy, 76), Hojisafiy (Gayediy, 68), Husayniy (Turobiy, 68), Izzatullohiy, Nurafkon, Mohibiy, Muharramiy (Rizoyan, 68), Ka’noniy, Jahonbaxsh, Ozmun (Asadiy, 55), Torimiy (Mehri, 55).
Afg‘oniston — Hamidiy, Omonulloh, Atoyi, Mushtoq, Nazariy, Samandariy (Zakarhel, 27), Sherzod, Iskandariy, Musafiy (Zamoniy, 69), Nor, Xanifiy.
![]() |
Jas1coff
|