«Chelsi» klubi yaqin kunlarda «Inter» bilan bir necha transferlarni muhokama qiladi.
Jurnalist Janluka Di Marsio xabariga ko‘ra, tomonlar hujumchi Romelu Lukaku bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qilishadi. Ijara muddati yakunlangan belgiyalik futbolchi keyingi oyda Londonga qaytishi kerak, ammo Milanda qolishni istayapti.
O‘z navbatida «Inter» himoyachi Kalidu Kulibali ijarasini muhokama qilmoqchi.
«Inter» darvozaboni Andre Onana katta ehtimol bilan muzokara dasturiga kiritiladi. «Chelsi» uning transferiga qiziqish bildirmoqda.
![]() |
Jas1coff
|