«Chelsi» hujumchisi Per-Emerik Obameyang faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.
Sky Sports xabariga ko‘ra, mahalliy 4 ta klub gabonlik to‘purar xizmatiga qiziqish bildirgan. Ularning nomi xabarda keltirilmagan.
Avvalroq, «Chelsi» yangi mavsumda uning xizmatiga qiziqish bildirmasligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
33 yoshli futbolchining londonliklar bilan imzolagan shartnomasi 2024 yil 30 iyuniga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali uning transfer qiymatini 7 mln yevroga baholamoqda.
O‘tgan mavsumda Obameyang barcha musobaqalarda 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urib, 1 ta golga hammualliflik qilgan edi.
![]() |
Jas1coff
|