Italiyalik murabbiy Karlo Anchelotti sobiq klubi «Everton»ni sudga berdi.
The Guardian xabariga ko‘ra, London Oliy sudi uning arizasini ro‘yxatga olgan. Shikoyatning «umumiy tijorat kelishuvi»ga bog‘liq ekani aytilmoqda.
Murabbiy sobiq klubiga qarshi qanday e’tirozlarni bildirgani ma’lum emas. Uning advokatlari bu haqda ma’lumot bermadi. Shuningdek, «Everton» ham hodisani izohlamadi.
Karlo Anchelotti «Everton»ni 2019-2021 yillarda boshqargan. Uning qo‘l ostida jamoa Premer-Ligada 12- va 10-o‘rinni egalladi.
Iste’foga chiqarilgach, «Real» bilan 2024 yilgacha mo‘ljallangan shartnomani imzolagan edi.
![]() |
Jas1coff
|