Niderlandiyaning PSV klubi jamoaning yangi bosh murabbiyini e’lon qildi.
Klub rasmiy sayti xabariga ko‘ra, Peter Bos jamoa bosh murabbiyi etib tayinlangan. 59 yoshli mutaxassis bilan 3 yillik shartnoma imzolangan.
Bos «Ayaks», «Borussiya» Dortmund va «Bayer»dagi faoliyati bilan nom qozongan. Uning so‘nggi jamoasi «Lion» bo‘lib, Peter 2022 yilning oktyabr oyida Fransiya klubidan iste’foga chiqarilgandi.
Peter Bos mavsum yakunida jamoa bilan xayrlashgan Rud van Nistelroy o‘rnini egalladi. Sobiq futbolchi qo‘l ostida PSV Niderlandiya kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritgan, chempionatda esa 2-o‘rinni egallagandi.
![]() |
Jas1coff
|