«Yuventus» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.
La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, «Al-Hilol» klubi italiyalik mutaxassisga jamoa boshqaruvini topshirmoqchi. Klub Allegriga yiliga 20 million yevro maosh va yana 10 million yevro bonus belgilangan 3 yillik shartnoma taklif qilgan.
Qayd etilishicha, Allegri o‘ylab ko‘rish uchun vaqt so‘ragan. Murabbiy «Yuve»ga nisbatan ko‘rilgan choradan keyin klubning Chempionlar ligasi yo‘llanmasidan quruq qolgani sababli jamoani tark etishi mumkin.
Ma’lumot uchun, 55 yoshli mutaxassis Allegrining Turin klubidagi yillik maoshi 7 million yevroni tashkil qiladi.
![]() |
Jas1coff
|