Ozarboyjon poytaxti Bokuda start olgan taekvondo WT bo‘yicha jahon chempionati O‘zbekiston milliy jamoasi uchun omadli boshlandi.
Bugun, 29 may kuni turnirning dastlabki kunining o‘zidayoq milliy jamoamiz bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
-68 kg vazn toifasida bahs olib borgan Ulug‘bek Rashitov shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi. Yarimfinalgacha bo‘lgan yo‘lni muvaffaqiyatli bosib o‘tgan yurtdoshimiz final ostonasida koreyalik Xo-Jun Jinga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Shu tariqa, u shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.
Ma’lumot uchun, Tokio-2020 Olimpiadasi g‘olibi sanalmish Ulug‘bek Rashitov uchun JCH-2023 sovrini faoliyatida jahon chempionatlaridagi ilk medal hisoblanadi.
![]() |
Jas1coff
|