«Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand APL chempionligidan keyin jamoasini kutib turgan so‘nggi ikki hal qiluvchi o‘yin haqida fikrini bildirdi.
«Hozir Chempionlar ligasi finali haqida emas, bizni kutayotgan eng yaqin o‘yin – Angliya kubogi finali haqida o‘ylash kerak. Bor e’tiborimiz Angliya kubogiga qaratilgan. Umid qilamanki, bu bahsda muvaffaqiyatga erisha olamiz. Jamoamiz kuchiga ishonaman, bu finalni intiqlik bilan kutyapman. Oldinda bizni ikki ajoyib futbol oqshomi kutmoqda», - deya Holandning so‘zlarini keltirgan City Xtra.
Ma’lumot uchun, «Siti» APL chempionligini qo‘lga kiritdi va Gvardiola shogirdlari treblga erishishi mumkin. «Shaharliklar» 3 iyun kuni Angliya kubogi finali doirasida «Uembli»da «Manchester Yunayted»ga qarshi saf tortsa, 10 iyun kuni Istanbulda YeCHL finali doirasida «Inter»ga qarshi maydonga tushadi.
Eslatib o‘tamiz, Angliyada faqatgina «MYU» 1998/1999 yilgi mavsumda YeCHL, APL va Angliya kubogida zafar quchib, treblga erishgan.
![]() |
Jas1coff
|