«Barselona» darvozaboni Mark-Andre ter Stegen klub La Ligada quruq o‘yinlar soni bo‘yicha rekordni yangilay olishiga ishonmoqda.
Kataloniyaliklar La Liga 37-turida «Malorka»ni mag‘lub (3:0) etib, joriy mavsumdagi 26-o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Shu tariqa, «Barsa» 1993/94 yilgi mavsumda «Deportiva» o‘rnatgan rekordni takrorladi.
«Bu mavsum – raqamlar bo‘yicha men uchun «Barsa»dagi eng yaxshisi. Bu bir kishining emas, butun jamoaning yutug‘i.
Bunday natijaga erishish oson bo‘lmadi, ammo bundan faxrlanaman. Navbatdagi haftadagi maqsad – bu rekordni yangilash», - deydi germaniyalik darvozabon klub rasmiy saytiga.
Ma’lumot uchun, «Barselona» La Liga so‘nggi turida safarda «Selta» mehmoni bo‘ladi. Klub muddatdan avval chempionlikni rasmiylashtirgan.
![]() |
Jas1coff
|