Kilian Mbappe Liga 1ning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgach, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Hozir barcha o‘y-xayollarim Rikoda («PSJ» darvozaboni Ispaniyada ot minayotganda boshidan jarohat oldi, unga miyaga qon quyilishi tashxisi qo‘yildi). Butun klub u haqida o‘ylamoqda. Shuningdek, biz hozir ayanchli voqeaga uchragan sport direktorimiz haqida ham o‘ylayapmiz.
Mavsumni ajoyib o‘tkazgan «Lans» futbolchilariga, shuningdek, ko‘plab gollar urgan va jamoasiga yordam bergan Jonatan Devidga ham minnatdorchilik bildirmoqchiman. Ularni (sovringa da’vogarlar) tabriklayman. Va, albatta, Leo Messi, u hamma narsada ko‘p yordam berdi. Fursatdan foydalanib, «PSJ»ning barcha a’zolariga rahmat aytaman.
Tez-tez va takror aytaman: oddiy narsa deb hisoblashingiz mumkin, ammo «PSJ»da bunday futbolchilar yonida o‘ynash imkoniyati — imtiyoz. Ligani yutdik va barchaga rahmat aytmoqchiman.
Men har doim g‘alaba qozonib, chempionat tarixiga o‘z nomimni yozishni xohlaganman. Ammo o‘zimdagi ambitsiyalarga qaramay, maqsadlarimga bunchalik tez erishaman deb o‘ylamagandim. Bu haqiqatan ham juda yoqimli.
O‘tgan yili bu tanlovni qilganimdan juda xursandman (Mbappe «Real»ga o‘tmadi va parijliklar bilan shartnomasini uzaytirdi). Men shu yerdaman, rohatlanyapman, o‘yinchi sifatida yaxshilanib boryapman. Kelgusi yil ham shu yerda bo‘laman. Juda mamnunman», — deya «PSJ» forvardining so‘zlarini keltiradi Onze Mondial.
![]() |
Jas1coff
|