«Barselona» himoyachisi Aleks Balde jiddiy jarohat oldi.
Kataloniya klubi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 19 yoshli futbolchida o‘ng tizzaning lateral tayanch bog‘lami qisman yorilib ketgan. U jarohat tufayli 6-7 haftani o‘tkazib yuboradi.
Ispaniyalik himoyachi La Liganing 37-turidan o‘rin olgan «Malorka»ga (3:0) qarshi o‘yinning 14-daqiqasida jarohat oldi. Bosh hakam Xorxe Figeroa Vaskes VAR'ni ko‘rib chiqib, Aleksga jarohat yetkazgan raqib futbolchisi Amad Ndiayeni chetlatdi.
Balde bu mavsumda «Barsa» safida barcha turnirlarda 43ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol urdi va 6ta golli uzatmani amalga oshirdi.
![]() |
Jas1coff
|