Joze Mourino mavsum oxirida «Roma»dan ketadi.
Il Messaggero xabariga ko‘ra, portugaliyalik murabbiy mavsum yakunida Rim klubini tark etishga qaror qilgan.
Qayd etilishicha, «Roma» Mourinoning ketishi haqida allaqachon biladi. Biroq klub bu ma’lumotni «Sevilya»ga qarshi Yevropa Ligasi finaligacha tarqatmaslikni afzal ko‘rmoqda.
Mourino 2021 yilning yozidan buyon A Seriya klubini boshqaradi. Uning shartnomasi 2024 yilgacha mo‘ljallangan.
«Roma» o‘tgan mavsumda Konferensiyalar Ligasida g‘olib chiqdi. Bu mavsumda esa jamoa A Seriyada top-4dan o‘rin olmadi, lekin Yevropa Ligasi finaliga yo‘l oldi.
![]() |
Jas1coff
|