"Agar jang menga qarshi bo'lganida, barchasi boshqacha kechardi. CHunki Vasiliy ikkimiz ham chapaqaymiz. Lomachenkoning jangini diqqat bilan tomosha qildim, u 3-4 yil oldingi holatida emas.
O'shanda u sayr qilib, g'alaba qozonardi. O'sha holatida bo'lganida ham balki Xeyni unga muammolar keltirib chiqarardi, biroq Lomachenko osonlik bilan g'alaba qozongan bo'lardi", - dedi Kempbell.
Eslatib o'tamiz, Xeyni va Lomachenko o'rtasidagi jang 21 may kuni Las-Vegasda bo'lib o'tgan va unda amerikalik bokschi 116-112, 115-113, 115-113 hisoblarida g'alaba qozongandi.
Manba: olamsport.com
![]() |
Jas1coff
|