Lyuk Shou «Manchester Yunayted» bilan shartnomasini uzaytirmoqchi.
Insayder Fabritsio Romanoning The Daily Telegraph jurnalisti Mayk MakGretga tayanib xabar berishicha, 27 yoshli himoyachi mankunianliklar bilan yangi 4 yillik shartnoma borasida kelishib olgan.
Shouning amaldagi shartnomasi 2024 yilning iyunigacha mo‘ljallangandi.
Himoyachi «MYU»da 2014 yildan beri to‘p tepadi. Bu mavsumda u klub safida barcha turnirlarda 35ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol urdi va 6ta golga assistentlik qildi.
![]() |
Jas1coff
|