Luis Enrike 2022 yilgi jahon chempionati vaqtida strimingdan olgan pullarini xayriya ishlariga sarfladi.
Mundial vaqtida Ispaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Twitch tarmog‘i orqali efirlarda qatnashgandi. O‘shanda Enrike barcha tushumni xayriya qilishga va’da bergandi.
Ispaniyalik mutaxassis saraton kasalligiga chalingan bolalarga yordamlashuvchi Enriqueta Villavecchia jamg‘armasiga 30 ming yevro bergani ma’lum bo‘ldi. Bu 23 fevral kuni amalga oshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yilda Enrikening 9 yoshli qizi aynan saraton kasalligidan vafot etgan.
![]() |
Jas1coff
|