«Manchester Siti» 2023 yil yakuniga qadar uy stadionini kengaytirish ishlarini boshlab yuboradi.
«Shaharliklar» uy stadioni sig‘imini 61 mingga yetkazishni rejalashtirgan. O‘yingoh rekonstrutsiyasi uchun klub 300 million funt sterling sarflaydi. «Siti» bu orqali APLdagi boshqa raqobatchi klublarga yetib olishni ko‘zlagan. Hozirda «Etihad» bir vaqtning o‘zida 53 400 tomoshabinni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi.
Rejaga ko‘ra, stadionning shimoliy stendi ikkinchi qavatiga yana 7700ta o‘rindiq joylashtiriladi. Ta’mirlash ishlari joriy yilning noyabr oyida boshlanib, 2025/2026 yilgi mavsum uchun tayyor holatga keladi.
Shu bilan birga klub egalari infratuzilmani yanada yaxshilash uchun xarajatlar miqdorini 1 milliard funtga yetkazishni rejalashtirgan. Modernizatsiya jarayonida mehmonxona, yopiq fan-park, megado‘konlar va muzey barpo etiladi.
Ma’lumot uchun, hozirda «Etihad» o‘yingohi 53 400 tomoshabinni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi. Bu APL stadionlari orasida sig‘im bo‘yicha 6-o‘rin degani. Bu borada eng ko‘p tomoshabin sig‘imli stadion «Old Trafford» hisoblanadi – 74 310 o‘rin.
![]() |
Jas1coff
|