Superliga 4-turi doirasidagi «Neftchi» - OKMK (2:2) o‘yinidan keyin farg‘onaliklar ustozi Vitaliy Levchenko jurnalistlar savollariga javob qaytardi.
«O‘yin ikki jamoa uchun ham og‘ir o‘tdi. Chunki tengkuchga ega ikki saviyali jamoalar to‘qnash kelishdi. Raqib gol kiritgan vaziyatlarda e’tiborsizlikka yo‘l qo‘ydik. Mag‘lubiyatdan qutulib qolish oson bo‘lmadi. Chunki peshqadamga qarshi barcha jamoalar eng yaxshi o‘yinini ko‘rsatishga intiladi, buni yaxshi bilasiz. Muxlislarga rahmat, yaxshi qo‘llab-quvvatlashdi. Durang – o‘yin uchun adolatli natija.
Bugun «Neftchi» o‘yinchilarida «Paxtakor»ga qarshi bahsdagi shijoat, ishtiyoq sezilmadi? Sir emas, hozir Ramazon oyi. Futbolchilarimiz ro‘za tutishadi. Shu sabab yigitlar organizmida ham o‘zgarishlar bo‘lishini unutmaslik lozim. Bunday pallada shiddat, azart biroz yetishmasligi mumkin.
Akbar To‘rayev o‘yinni cho‘zishga intildi? Yo‘q, biz muxlislarimiz qarshisida g‘alaba qozonishni istagandik. O‘yinni cho‘zishga urindik deb ayta olmayman», - deya Vitaliy Levchenkoning so‘zlarini keltirgan Tribuna.uz muxbiri.
![]() |
Jas1coff
|