Superliga 11-turi doirasidan o‘rin olgan «Nasaf» — «Paxtakor» uchrashuvi 15 avgust kuni o‘tkaziladigan bo‘ldi.
«Mazkur ikki klub Chempionlar ligasidagi ishtirokini sentyabr oyidan boshlaydi. Shundan kelib chiqib, Liga «Nasaf» va «Paxtakor»ning avgust oyidagi rejalariga oydinlik kiritib oldi. Unga ko‘ra har ikki jamoa 28 iyuldan boshlab 2 sentyabrga qadar jami 9ta uchrashuvda ishtirok etadi. Ular orasida O‘zbekiston Superkubogi uchun o‘yin ham bor.
Liga chempionat taqvimini to‘liq shakllantirishga allqachon tayyor. Buning uchun OFK tezroq avgust oyidan start oladigan Chempionlar ligasi bo‘yicha rejalariga oydinlik kiritib olishi kerak. Sababi musobaqada «Nasaf» va «Paxtakor»dan tashqari OKMK hamda «Navbahor» jamoalari ham ishtirok etadi. Liga esa buni inobatga olishi lozim», - deyiladi PFL xabarida.
O‘yinlarning aniq sanalari Chempionlar ligasining konkret rejalaridan keyin rasman e’lon qilinadi.
Ma’lumot uchun, «Paxtakor» 9 o‘yindan keyin 21 ochko bilan 3-o‘rinda, «Nasaf» 10 o‘yindan keyin shuncha ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda.
![]() |
Jas1coff
|